«Erkin bozor iqtisodiyotida monopoliyaga o‘rin yo‘q». Bangladesh biznes markazi prezidenti bilan suhbat

Iqtisodiyot 22:10 / 12.03.2019 17562

Bangladesh to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari qatorida turadi. Bangladeshdagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash byurosi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatning 2017-2018 moliyaviy yildagi eksport hajmi bir yil oldingiga nisbatan (34,65 milliard dollar) 5,81 foizga o‘sib, 36,67 milliard dollarni tashkil etgan. Eksport ortishi omillaridan biri kiyim-kechak mahsulotlarini yetkazib berishdagi o‘sishdir.

Kun.uz muxbiri kiyim-kechak eksporti sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bangladeshlik mutaxassis Mehdi Mahbub bilan iqtisodiyot, to‘qimachilik sanoati, tadbirkorlik va marketing masalalari bo‘yicha suhbatlashdi.

Mehdi Mahbub

«Baxtimizga Bangladeshda monopoliya yo‘q. Kiyim-kechak sohasida buning imkoni ham yo‘q, chunki bu erkin bozor iqtisodiyoti. Iqtisodiyotimiz erkin bozor munosabatlariga asoslangan.

Mamlakatimizda katta xususiy kompaniyalar bor, ular o‘z xizmatlari sifati ortidan yiriklashib borgan. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib qolmagan. Ular ko‘p yillardan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelishadi. Balki ba'zi hollarda hukumat va siyosat ularga oz-moz ko‘mak bergandir, lekin dunyoning boshqa davlatlarida bunga guvoh bo‘lish mumkin.

Iqtisodi rivojlanayotgan mamlakatlardan, masalan, Koreya Respublikasida chebollar mamlakat iqtisodiyotini nazorat ostida ushlab tursa, Rossiyada esa katta oligarx va mafiya guruhlari iqtisodni nazorat qiladi. Bangladesh esa bunday turdagi monopollardan xoli», deydi Mehdi Mahbub Bangladesh iqtisodiyotidagi monopoliyalar to‘g‘risida so‘zlab.

Ma'lumot uchun, Mehdi Mahbub Bangladesh to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatining yetakchi korxonalari uchun ushbu sohada mutaxassislik tavsiyalari berish bilan shug‘ullanuvchi Bangladesh RMG Centre platformasi va Bangladesh biznes markazi prezidenti, Best Sourcing Services kompaniyasining ijrochi direktori ham sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'yektlari soni 10 mahsulot turlari bo‘yicha 140tani tashkil etgandi.

Tadbirkor Mehdi Mahbub bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

 

Video: Youtube

Suhbat «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi
Ko‘proq yangiliklar: