Android uchun mo‘ljallangan ommabop ilovalar foydalanuvchilarga tegishli ma'lumotlarni Facebook tarmog‘iga jo‘natadi. Bu haqda Privacy International tashkiloti hisobotida aytilmoqda.
Bu ilovalar gadjet egasi ijtimoiy tarmoqqa kirmagan paytida ham ma'lumotlarni jo‘natadi. Facebook olingan ma'lumotlardan shaxsiy reklama takliflarini tanlashda foydalanadi.
Josus-ilovalar orasida til o‘rganishga mo‘ljallangan Duolingo, ish qidirishga mo‘ljallangan Indeed, xizmatlarni izlash va baholash bo‘yicha Yelp servisi hamda qator diniy dasturlar bor.
Avvalroq Privacy International hisobotida Skyscanner va Spotify ilovalari tilga olingandi.
O‘tgan oy oxirida DrainerBot deb nomlangan dastur Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yashirincha sarflashi haqida xabar berilgandi.