Turonbank aksiya g‘oliblarini taqdirladi

Jamiyat 07:30 / 05.03.2019 5882

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali faoliyatini yanada takomillashtirmoqda. Jumladan, chakana bank xizmatlari doirasini kengaytirish, zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida yangi filiallar va 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan to‘lov markazlari tarmog‘ini ishga tushirib, ko‘plab milliy va xorijiy valutada xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar o‘rnatmoqda. Bank bu kabi yangiliklar qatorida yaqinda yana bir ajoyib aksiya tashkil etdi.

“Turonbank” ATB Rossiyaning yirik xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi “Zolotaya Korona” bilan hamkorlikda uch oy mobaynida bank mijozlari o‘rtasida “Zolotaya Korona bilan ta'til” aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi poytaxtimizning Wyndham mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda bank rahbariyati va “Zolotaya Korona” vakillari, bank mijozlari va jurnalistlar ishtirok etdi. Tabdir davomida besh nafar aksiya g‘oliblarining uch nafar uchinchi o‘rin egasi “Apple iPhone X” uyali telefonlari, ikkinchi o‘rin sohibi qimmatbaho televizor hamda asosiy sovrin - birinchi o‘rin egasi Yevropaga bir haftalik ikki kishilik sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tadbir davomida “Zolotaya Korona” vakili Anna Svalova “Turonbank” bilan ko‘p yillik hamkorlik samarali va manfaatli kechayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, u aksiya g‘oliblariga “Zolotaya Korona” tizimiga ishonch bildirib, uning xizmatidan foydalangani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda aholi Turonbank orqali xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanganda amaliyotlarni xorijiy yoki milliy valutada amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Uch oy davomida o‘tkazilgan mazkur aksiya mijozlar orasida katta qiziqish uyg‘otgani rost. Yanada muhimi, bu kabi tadbirlar bankka mijozlar ishonchi va oqimini oshirishga munosib hissa qo‘shadi.

Bank tomonidan chakana xizmatlarni ommalashtirish maqsadida yangidan-yangi aksiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun, mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh “Turonbank” ATB bugungi kunda 20 filiali va 42 ta mini-banki orqali yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Turonbank – Barqarorlik belgisi!

Telefon: 95 144-60-00

Veb-sayt: www.turonbank.uz

Telegram: t/me/turonbank.uz

Facebook: fb.com/turonbank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: