Qibrayda yuk poyezdi fuqaroni urib ketdi

Jamiyat 12:21 / 05.03.2019 8379

Shu yilning 4 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

“Hurmatli fuqarolar! Temir yo‘lni kesib o‘tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: