Shahrisabz: II Milliy liboslar Xalqaro festivali taniqli dizaynerlarni jamlaydi

Italiya va Markaziy Osiyoning taniqli modeler va dizaynerlari Shahrisabzdagi festivalda o‘z kolleksiyalarini namoyish qilishadi, deya xabar beradi uzbekistan.travel sayti.
21-22 mart, Navro‘z tantanalari kunlari Shahrisabz shahrida II Milliy libos Xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Italiyaning taniqli modeler va dizaynerlari o‘z milliy liboslar kolleksiyalarini namoyish etadi.
Festival doirasida mahalliy va xorijiy dizaynerlar modalar namoyishi, endigina faoliyatini boshlayotgan modelerlar uchun mahorat darslari, folklor ansambllar va ijrochilarning chiqishlari kutilmoqda.
II Milliy libos Xalqaro festivalining tantanali yopilish marosimida festival doirasidagi eng yaxshi liboslar kolleksiyalari mualliflari taqdirlanadi.
Mavzuga oid

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi

08:30 / 27.07.2024