«Inter» A Seriyada mavsumdagi 7-mag‘lubiyatini qabul qildi

Sport 08:46 / 02.03.2019 2869

Italiya A Seriyasi 26-turining dastlabki o‘yinida «Kalyari» «Inter»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

31-daqiqada Ivan Perishichning avtogoli bilan hisob ochildi. Ammo ko‘p o‘tmay «Inter» hujumchisi Lautaro Martines sherigining xatosini o‘nglab, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar hujumchisi Leonardo Pavoletti jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va uning goli o‘yinda oxirgisi bo‘lib qoldi. 

Bu «neradzurri» uchun A Seriyaning bu mavsumidagi 7-mag‘lubiyat bo‘ldi. Natijada 4-o‘rindagi «Milan» bilan oradagi farq 2 ochkoga qisqardi: «rossoneri» bugun o‘z maydonida «Sassuolo»ni mag‘lub etsa, yuqori uchlik tarkibi uzoq oylardan so‘ng o‘zgarishga uchraydi.

Ma'lumot uchun, «Inter» o‘tgan mavsumni 6ta mag‘lubiyat bilan yakunlagandi. Klub keyingi turni 10 mart kuni o‘z uyida SPALga qarshi o‘tkazadi. Kechagi g‘alabadan keyin jadvaldagi o‘rni (14-o‘rin) o‘zgarmay qolgan «Kalyari» o‘sha kuni «Bolonya» maydoniga safar qiladi.

Italiya chempionati
26-tur, 1 mart
Kalyari – Inter 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar
: 1:0 – 31, avtogol Perishich, 1:1 – 38 Martines, 2:1 – 43 Pavoletti.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa (Kandreva, 83), Vesino (Valero, 68), Brozovich (Ranokkiya, 87), Politano, Nainggolan, Perishich, Martines.

2 mart
19:00. Empoli – Parma
22:00. Milan – Sassuolo
00:30. Latsio – Roma

16:30. Torino – Kevo
19:00. SPAL – Sampdoriya
19:00. Jyenoa – Frozinone
19:00. Udineze – Bolonya

3 mart
16:30. Torino – Kevo
00:30. Napoli – Yuventus

Ko‘proq yangiliklar: