Pager – qulay, tezkor va xavfsiz mahalliy messenjer. Unda qanday xizmatlar bo‘lishini xohlaysiz? –Taklif bering

Fan-texnika 15:04 / 01.03.2019 6967

Sohada yaratilayotgan huquqiy asoslar va foydalanuvchilarning keng talabi tufayli O‘zbekistonda mahalliy messenjer, ijtimoiy tarmoq hamda boshqa muloqot maydonlarini yaratish borasida bir qancha yangiliklar qilinmoqda.

Jumladan, bir muddat avval saytimiz orqali “Pager O‘zbekistonda Telegram o‘rnini bosa oladimi? ” sarlavhasi bilan o‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan yaratilgan mutlaqo yangi messenjer haqida xabar qilib, dastur yaratuvchilaridan biri Anvar Karimov bilan suhbat tashkil qilgan edik.

Suhbatda mutaxassis mahalliy Pager ilovasi orqali foydalanuvchilarning o‘zaro matn, rasm, kontaktlar, media fayllarni juda oson tarzda almashish imkoniyatlari, hamda, dasturning o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida ishlashi haqida ma'lumot bergan edi. Shuningdek, dasturchi, mahalliy messenjerlar yaratilishining ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va moddiy jihatdan ko‘plab qulayliklari borasida fikr bildirdi.

Ushbu suhbatga o‘quvchilarimiz tomonidan bo‘lgan katta qiziqish va yo‘llangan savollar sabab keyinchalik Anvar Karimov bilan “Mutlaqo xavfsiz va qulay messenjer taklif qilinmoqda” sarlavhasi bilan ikkinchi suhbatni taqdim etdik. Suhbatda dasturchi mahalliy messenjerdagi asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot bergan edi.

Bugun, mazkur dastur yaratuvchilari tomonidan Kun.uzʼga ma'lum qilinishicha, internet segmentining o‘zbek foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olinishi natijasida dastur mualliflari tomonidan ilovaning IOS versiyasi ham to‘liq takomillashgan holda taqdim etilmoqda. Endi foydalanuvchilar dasturni ushbu platformada ham foydalanish imkoniyatiga ega.

Hozirgi paytda dasturga audio va video qo‘ng‘iroqlar qo‘shish, shuningdek, uning kompyuter versiyasini (Desktop) yaratish ustida ishlanmoqda.

Xabar muallifiga ko‘ra, taqdim etilgan versiyadagi asosiy o‘zgarish bu foydalanuvchi tomonidan yuborilayotgan xabarni tahrirlash va ikki tomonlama o‘chirish imkoniyatidir. Unga ko‘ra, yangi messenjer dunyo miqyosida foydalanib kelinayotgan messenjerlardagi barcha qulayliklarga ega bo‘lib bormoqda.

“Biz hozirda dasturni yanada takomillashtirish ustida izlanmoqdamiz. Shu o‘rinda ilovaning test rejimidan foydalanib, uni rivojlantirish bo‘yicha bizga o‘z takliflarini yuborayotgan barcha foydalanuvchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Pagerʼning takomillashgan (Android, IOS) versiyasi foydalanuvchilari va tadbirkorlar dastur bo‘yicha qo‘shimcha fikr, takliflarini yoki o‘zlariga kerakli xizmatlarni pager ilovasida pagerofficial xabarlar oynasiga yoki pagermessenger@gmail.com manziliga yozib qoldirishlari mumkin. Biz ushbu takliflarni o‘rganib chiqqan holda ilovada aks ettirishga harakat qilamiz.

Bizga murojaat qiling, har bir taklif biz uchun juda muhim”, - deydi dastur yaratuvchilari.

Biz bilan bog‘laning: +(998) 99-833-24-11

                              +(998) 97-780-17-11

pagermessenger@gmail.com

 

pagerofficial

Ko‘proq yangiliklar: