Ro‘yxatdan o‘tgan joy va sana haqidagi ma’lumotlar Telegram foydalanuvchilari sahifalarida paydo bo‘ladi. Bu firibgarlik xavfini kamaytirish uchun ishlab chiqilgan. Bu haqda messenjer asoschilaridan biri Pavel Durov xabar berdi.
«Biz kriptovaluta maydoniga yangi kiruvchilarni aldashga urinayotgan firibgarlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni kuchaytirmoqdamiz. Shaffoflikning oshishi Telegram foydalanuvchilariga yangi dunyo imkoniyatlari va xavf-xatarlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi», deb yozdi Durov.
Uning qayd etishicha, xuddi shunday tizim Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ham ishlaydi. Pavel Durovning aniqlik kiritishicha, yangilik ommaviy akkauntlarga tegishli (messenjerda «yashirin» akkauntlar ham mavjud).
Durov yaqin kelajakda joriy qilinadigan boshqa bir qator yangiliklar, jumladan, mini-ilovalar do‘koni va Web3 sahifalarini qo‘llab-quvvatlaydigan brauzer haqida ma’lum qildi. Tashkilotlar o‘z kanallarini verifikatsiya qilish vidjyetlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Telegram allaqachon firibgarlar quroliga aylangan. Unda soxta vakansiya e’lonlari, moliyaviy xizmatlar va boshqa sxemalar e’lon qilinadi. Bu firibgarlarga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va pullarini o‘g‘irlash imkonini beradi.