IKEA havo tozalovchi pardalar ishlab chiqaradi

Light 20:48 / 25.02.2019 4031

IKEA xonadagi havoni tozalashda yordam beruvchi parda  ishlab chiqarishga va'da berdi. Kompaniya saytida shu haqida ma'lum qilindi. 

Maxsus ishlanuvchi GUNRID parda matosi fotosintez tamoyiliga muvofiq ishlaydi, u yorug‘lik ta'siri ostida xonadagi havoni tozalaydi. DigitalTrends'ga ko‘ra, kompaniya fotokatalizator sifatida titan dioksididan foydalanishi mumkin. 

Havo tozalovchi pardalar 2020 yilga borib do‘konlarda sotilishi taxmin qilinmoqda, aynan qaysi mamlakat do‘konlarida sotilishiga esa aniqlik kiritilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: