Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organga aylanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi:
1-bandning yigirmanchi xatboshisi (davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;”.
7-banddagi “Buyurtmachi” degan so‘z “Korporativ buyurtmachi” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
20-band “holda” degan so‘zdan keyin “ofertani taklif etgan ishtirokchiga hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
24-banddagi va 34-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Buyurtmachilar” degan so‘z “Korporativ buyurtmachilar” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
35-banddagi “o‘n” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtiriladi.
40-band “vazirligining” degan so‘zdan keyin “davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
47-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
53- va 132-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
65-banddagi “o‘ttiz” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.
221-bandning ikkinchi xatboshisi “Markazga” degan so‘zdan keyin “va vakolatli davlat organlariga” degan so‘lar bilan to‘ldiriladi.
6-bob quyidagi tahrirdagi 235-1-band bilan to‘ldiriladi:
“235-1. Ma'lumot bazalari elektron hamkorligi orqali buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar reyestri bo‘yicha ma'lumotlar almashinuvi maxsus axborot portali va DMBAT o‘rtasida kunlik amalga oshiriladi”.
241-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
Mavzuga oid

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi

11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida

15:14 / 21.11.2022