Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosi buzilishiga oid xabarni rad etdi

O‘zbekiston 16:00 / 22.02.2019 5576

Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid xabarlar soxta ekani bo‘yicha bayonot berdi

"Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgidek poytaxtdagi obektlar buzilishiga doir turli taxminlar va soxta ma'lumotlar tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi mish-mishlardan biri - Darxon nomi bilan tanilgan hududda (Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik prospekti) joylashgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid. Eng avvalo Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi rasman shuni ma'lum qiladiki, mazkur tarixiy binoning buzilishi hech qachon rejalashtirilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, poytaxt ma'muriyati o‘zbekistonliklarni o‘z vaqtlarini turli mish-mishlar tarqatishga sarflamaslikka chaqirdi. Mavjud savollar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining +712100163 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: