Ronaldu Madriddagi mag‘lubiyatdan keyin YeChLda besh marta g‘olib chiqqani bilan maqtandi

Sport 08:12 / 21.02.2019 14566

YeChL nimchorak finali doirasidagi «Atletiko»–«Yuventus» o‘yinidan so‘ng (0:2) mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu mikst-zonada o‘yin paytidagi epizodni yodga oldi va aynan takrorladi. U o‘yin vaqtida madridlik muxlislarga yuzlanib, Chempionlar ligasida besh marotaba g‘olib chiqqaniga ishora qilgandi.

«Men YeChLda besh marta g‘alaba qozonganman, «Atletiko» esa biron marta ham yuta olmagan», – dedi Ronaldu muxbirlar qarshisida.

«Atletiko»ning chorak finalga yaqinlashgani haqidagi savolga u: «Buni javob uchrashuvi ko‘rsatadi», – deb javob berdi.

Turindagi o‘yin 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: