O‘zbekistondagi deyarli har to‘rtta maktabdan birida sport zali mavjud emas

Sport 20:55 / 21.02.2019 6263

O‘zbekiston maktablarining 2483tasida sport zallari yo‘q va 2024 yilgacha ularning barchasida sport obektlari bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bugun, 21 fevral kuni vazirlikda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Yurtboshimizning topshiriqlari bilan 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan, respublikamizda mavjud bo‘lgan va yangi qurilishi kerak bo‘lgan sport obektlari bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilamiz. 9669ta umumta'lim maktablarining 2483tasida sport zallari ham, sport inshootlari ham umuman mavjud emas. Dasturda ushbu 2483ta maktabda sport zali, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 120ga yaqin sport inshootlarining qurilishi mo‘ljallangan», – dedi Dilmurod Nabiyev.

Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotiga asosan, O‘zbekistonda sport zallarga ega bo‘lmagan maktablar soni vazir Nabiyev keltirganidan ham ko‘proqni tashkil etadi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi 4277ta umumiy o‘rta ta'lim maskani (umumiy maktablarning 44 foizi) sport zali bilan ta'minlanmagan. XTV axborotida keltirilishicha, respublika bo‘ylab 65 foiz maktabda oshxonalar yo‘q.

Ma'lumot uchun, joriy 2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston maktablarida 5821861 nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda, ularning 48,8 foizini qizlar tashkil etadi. O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni keyingi ikki yilda 121,1 foizga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: