OAV: Maduro rejimi biznesdan to‘rt davlatda hisob raqamlari ochishni so‘radi

Jahon 08:31 / 21.02.2019 10355

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga yaqin bo‘lgan mansabdor shaxslar Rossiya, Xitoy, Turkiya va Hindistonda bank hisob raqamlari ochishni so‘rab, 50ga yaqin yirik kompaniyalar vakillariga murojaat qilishdi. Bu haqda Bloomberg ikki manbaga tayangan holda yozmoqda, deya xabar beradi Yahoo! Finance.

Manbalardan birining ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela Moliya vazirligi xorijiy mamlakatlarda hisob ochishga o‘qitish maqsadida kompaniyalar vakillariga mahorat darslari o‘tib beradi. Shuningdek, uning aytishicha, Maduro vakillari hozirgi prezident rejimini beqarorlashtirish uchun ishlab chiqarishni buzmoqchi bo‘lgan kompaniyalarga «repressiyalar» bilan tahdid qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolton Venesuela harbiylariga chaqiriq bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: