OAV: Britaniya yo‘lovchi layneri tasodifan tovush tezligidan oshib ketdi

Jahon 09:48 / 21.02.2019 14025

Los-Anjyelesdan Londonga parvoz qilgan, Britaniyaning Virgin Atlantic kompaniyasiga qarashli Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti eng kuchli havo oqimiga tushib qoldi va tovush tezligidan oshib ketdi. Bu haqda Popular Mechanics yozmoqda.

Nashrda aytilishicha, samolyot 11 kilometrlik balandlikda o‘ta kuchli havo oqimiga tushib qolgan. Shuning uchun u tezlikni 800 m/s.ga (1285 km/s.) chiqarib yuborgan, bunday balandlikda esa tovush tezligi odatda 1062 km/s.ni tashkil etadi. Shuningdek, qayd etilishicha, ushbu samolyotning harakatlanish tezligi 561 m/s.ni (902 km/s.) tashkil qiladi.

Tezlashish yuz bergani tufayli layner rejalashtirilgan vaqtdan 48 daqiqa oldin o‘z manziliga yetib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: