Nigeriyada to‘qnashuvlar oqibatida 60 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi 

Jahon 22:30 / 21.02.2019 3317

Nigeriya shimolida jinoiy guruhning 59 a'zosi va Danjibga aholi punktida yashovchi 7 kishi to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy aholiga iqtibos keltirgan holda Nation nashri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, 180 nafar jinoyatchidan iborat guruh 19 fevralda Zamfara shtatida mahalliy aholiga hujum qilib, bir necha kishini o‘ldirgan. Mahalliy kuchlar hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. To‘qnashuvlar 4 soatga yaqin davom etgan. 

Keyingi kun voqea joyiga 3 ta mashinada harbiylar kelgan. Harbiylar vakili mayor Klement K. Abiadening aytishicha, ular to‘qnashuv haqida ma'lumot to‘plashmoqda.

Qishloqda yashovchilardan biri bosqinchilar tomonidan yaralanganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, aholi jinoiy to‘da hujumini qaytarish uchun guruh shakllantirgan.  

Ko‘proq yangiliklar: