AQShda Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotish taklif qilindi

Jahon 23:24 / 21.02.2019 11032

AQShda davlat qarzini kamaytirish uchun Montana shtatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotish taklif qilindi. Bu haqda New York Post nashri ma'lum qildi. 

Nashrning ma'lum qilishicha, shtatni sotish taklifini Yan Xammond ismli oddiy fuqaro bildirgan. Uning fikricha, shtatning narxi 1 trln dollarni tashkil qiladi. 

“Bizda qarz juda ko‘p, Montana esa befoyda. Shunchaki ularga u yerda suv qunduzi yoki shunga o‘xshash jonzotlar borligini aytib qo‘ying”, deb aytilgan shtatni sotish bo‘yicha petitsiya sahifasida.

Ayni vaqtda hujjatni 12 mingdan ko‘proq odam imzolagan.

Shtat ma'muriyati petitsiyadan xavotirga tushib, shtatni sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ilgari surish ustida ish olib bormoqda.

Montana shtati AQShning shimolida joylashgan bo‘lib, Kanada bilan chegaradosh.  

Avvalroq AQShning davlat qarzi rekord qiymatga yetib, 22 trln dollardan oshgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: