Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo etiladi 

O‘zbekiston 14:36 / 20.02.2019 32247

Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidan o‘tuvchi Qorasaroy va Kichik halqa yo‘li kesishmasidagi chorraha rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ xabar bermoqda.

Foto: "Xalq so‘zi"

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu chorrahada aylana ko‘rinishidagi yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo qilinadi. Tunnel Kichik halqa yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, svetoforsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratsa, Qorasaroy ko‘chasining har ikki tomoniga qarab harakatlanish uchun yo‘l o‘tkazgichga chiqish talab qilinadi.

Foto: "Xalq so‘zi"

Hozircha bu loyihaning qachon qurib bitkazilishi muddati ma'lum qilinmagan. Loyihaning moliyaviy qiymati haqida ham ma'lumotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: