Putin AQSh raketalarining Yevropada joylashtirilishiga javob qanday bo‘lishini aytdi

Jahon 16:23 / 20.02.2019 61315

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Yevropada raketalar joylashtirishiga qanday javob berilishi haqida aytdi. U bu haqda Federal yig‘inga yillik murojaati davomida xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, choralar «qo‘yilgan qadam kabi» va «assimetrik» bo‘ladi.

Davlat rahbarining ma'lum qilishicha, Rossiya nafaqat xavf tug‘diradigan hududlarda, balki mamlakatga tahdid soluvchi raketa majmualarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan markazlar joylashgan yerda ham foydalanishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘ turlarini yaratadi hamda joylashtiradi.

«Biz bu choralarni darhol amalga oshirmoqdamiz», - deya qayd etib o‘tdi Putin.

Shuningdek, u amerikalik sheriklarga «illyuziyalarni tark etish» haqida maslahat berdi.

Ko‘proq yangiliklar: