OChL saralashining pley-off bosqichi yakunlandi – «Paxtakor» «o‘lim guruhi»da

Sport 10:00 / 20.02.2019 27028

Osiyo Chempionlar Ligasida saralash o‘yinlarining pley-off bahslari yakunlandi.

Sharqiy mintaqada Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya klublari birorta yo‘qotishsiz guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Avstraliya bitta klubidan ajraldi.

G‘arbiy mintaqada Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘zbekistonning bittadan klubi guruh bosqichiga yo‘l oldi.

OChL pley-off bosqichi
19 fevral 
Sharqiy mintaqa

Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya) – Perak (Malayziya) 5:1
Gollar
: Azhan (23 avtogol), Diskerud (56,58), Li (70), Negao (87) – Hoshim (90)

Shandong Luneng (Xitoy) – Ha Noi (Vetnam) 4:1
Gollar
: Lyu Junshuay (65), Pelle (73), Lyu Binbin (86), Jou (90+2) – Nguyen Van Quyet (39)

Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Changrai Yunayted (Tailand) 0:0 pen. 4:3

Kashima Antlers (Yaponiya) – Nyukasl Jyets (Avstraliya) 4:1
Gollar
: Ito (18), Yamamoto (32), Serxio (67 pen, 90+1) – Vargas (23) 

G‘arbiy mintaqa
An-Nasr (BAA) – Paxtakor (O‘zbekiston) 1:2
Gollar
: Alvaro Negredo (58 pen) – Dragan Cheran (31 pen), Marat Bikmayev (50)

An-Nasr (Saudiya Arabistoni) – OKMK (O‘zbekiston) 4:0
Gollar
: Xavsaviy (55), Al-G‘annam (62), Juliano (80, 90+3)

Ar-Rayyan (Qatar) – Saypa (Eron) 3:1
Gollar
: Rivas (27, 90), Soriya (89) - Romizoniy (3)

Al-G‘arafa (Qatar) – Zo‘b Ohan (Eron) 2:3
Gollar: A'loiddin (21), Torimiy (36) – Osaguona (47), Mutohiriy (63), Mahdiy (79)

«Paxtakor» klubi turnirning guruh bosqichida «o‘lim guruhi»dan joy oladigan bo‘lishdi.

Shota Arveladze shogirdlari «D» guruhida Qatarning «As Sadd», Eronning «Persepolis» hamda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoalari bilan pley-offga chiqish uchun bahs olib boradi.

Qayd etish kerakki, «Paxtakor»ning guruhdoshlaridan «Persepolis» o‘tgan yilgi musobaqaning finalchisi bo‘lsa, «As Sadd» Xavi yetakchiligida yarim finalgacha borgandi.

Ko‘proq yangiliklar: