Moskvada minalashtirganlik haqidagi xabarlardan keyin 33 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi

Jahon 07:46 / 20.02.2019 12435

Moskvada minalashtirganlik haqidagi xabalardan keyin 43 ta obektdan 33 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda favqulodda xizmatlar vakili ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, hammasi bo‘lib 43 ta obekt minalashtirilgani haqida xabar olingan. 

2019 yil yanvarda Rossiyaning ko‘plab shaharlarida ma'muriy binolar va ijtimoiy obektlar minalashtirilgani haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan va qo‘ng‘iroqlar olingan. 

Foto: zhukovskiy_1 / VK
Foto: apellcinovaya / Instagram

Shunga o‘xshash vaziyat 2017 yil sentyabrda ham kuzatilgan. O‘shanda turli muassasalar va savdo markazlari minalashtirilgani haqidagi xabarlar 11 sentyabrdan boshlab olina boshlangan. FXXning Moskva boshqarmasida anonim qo‘ng‘iroqlar Rossiyaning 85 ta regionidan 75 tasini qamrab olgani ma'lum qilingan. Shulardan 600 ga yaqin xabar Moskva bo‘yicha kelib tushgan. FXXning hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskvaning o‘zida bundan ko‘rilgan zarar 150 mln rublni tashkil qilgan. Rossiya bo‘ylab savdo markazlari, vokzallar va boshqa obektlardan hammasi bo‘lib 2 mln kishi evakuatsiya qiligan. Hech bir holatda portlash xavfi tasdiqlanmagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: