Janubiy Afrikada sayyoh 20 metrlik balandlikdan yiqilib tirik qoldi

Jahon 09:50 / 20.02.2019 3731

Sayyoh Janubiy Afrika Respublikasidagi Stol tog‘i deb ataluvchi tog‘dan 20 metr balanddan tushib ketib tirik qoldi. Uni qutqarish operatsiyasi deyarli qorong‘ida 13 soat davom etgan, deb xabar berdi IOL nashri.

Sayyohni qidirish “Stol tog‘i” milliy bog‘i bilan chegaradosh Kamps-Beyda yashovchi, kimdir yordam so‘rayotganini eshitgan fuqaroning qo‘ng‘irog‘idan keyin boshlagan. 

Qorong‘i va kuchli shamol qutqaruv operatsiyasida vertolyotni qo‘llashga imkon bermagan.

Qutqaruv xizmati vakillari “erkak o‘zini omadi chopgan” deb hisoblashi mumkinligini aytishgan. “U 20 metrlik balandlikdan yiqilib, ikki kishilik karavotdan sal kattaroq bo‘rtiq joy ustiga tushgan, uning ostida yana 80 metrlik jar bo‘lgan”, deb aytilgan xabarda.  

Ta'kidlanishicha, sayyoh jiddiy jarohatlar olmagan va unda ishlab turgan mobil telefon bo‘lgan. 

Qutqaruvchi alpinistlar sayyohning yoniga yetib borish uchun qorong‘ida xavfli hududlardan o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan.

Jabrlanuvchi 32 yoshli islandiyalik sayyoh bo‘lib chiqqan. U telefon orqali jiplarda bo‘lgan qutqaruvchilarga yo‘nalishni aytib turgan.  

Keyinroq, qorong‘i tushgach jabrlanuvchini uning mobil telefonidan taralayotgan yorug‘lik hisobiga topishga muvaffaq bo‘lingan. Qutqaruvchilar tros yordamida sayyohni tog‘dan tushirib olishgan.  

 

Ko‘proq yangiliklar: