TIV Moskvada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan fojia bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

O‘zbekiston 14:37 / 19.02.2019 34398

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 17 fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. 

TIV xabariga ko‘ra, Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismi (qasddan sog‘likka o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tug‘ilgan;
2. Nusratov Otabek, 1987 yil 24 oktyabrda tug‘ilgan.

Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida pichoqbozlik ro‘y bergani, 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: