Ochilboy Ramatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tataristonga boradi. Tashrif HHK harbiy-transport aviatsiyasi samolyoti bilan amalga oshiriladi

O‘zbekiston 13:57 / 19.02.2019 12077

O‘zbekiston Respublikasining delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Tashrif qurilish, transport, kommunal va obodonlashtirish sohalarining bugungi ahvolini, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob berishi masalalarini kompleks o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Hukumat farmoyishiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2019 yil 20-21 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, delegatsiya a'zolarining Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahriga uchib borishi va kelishi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy havo kuchlarining harbiy-transport aviatsiyasi samolyoti bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xizmat safari xarajatlarini, shuningdek, samolyotning ekipaj bilan uchishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘larni ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi elchixonasi orqali rasmiy delegatsiyani kutib olish va kuzatish, shuningdek, delegatsiyaning tashrifi jarayonida barcha tashkiliy masalalar hal etilishini ta'minlaydi.

Delegatsiya tarkibi

Ko‘proq yangiliklar: