Kanada bosh vaziri atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda 

Jahon 22:45 / 19.02.2019 7996

Kanadada bosh vazir Jastin Tryudo atrofida siyosiy mojaro avj olmoqda. Bu haqda Globe and Mail nashri xabar berdi

Joriy haftada Tryudo hukumatini uning bosh siyosiy maslahatchisi Jyerald Bats, o‘tgan hafta esa adliya vaziri va bosh prokurori Jodi Uilson-Reybould tark etgan. Ikki amaldorning ketishi Tryudo atrofidagi mojaro bilan bog‘langan.

Avvalroq nashr yuqori lavozimli amaldorlar 2018 yilda bosh vazir ofisida o‘sha vaqtdagi bosh prokurorga bosim o‘tkazishgani haqida maqola chop etgan.

Bosh prokurorga bosim o‘tkazishdan maqsad SNC Lavalin kompaniyasiga jinoiy ta'qibdan qochishda yordam berish bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu mojaro Tryudo hukumatini qiynamoqda.

Nashrda ta'kidlanishicha, mojaro bosh vazirning reytinglariga zarba berishi va partiyaga ta'sirini zaiflashtirishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: