Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga olib boruvchi yo‘lda yangi turdagi ko‘chma fotoradar ish boshladi

Jamiyat 17:28 / 18.02.2019 14355

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Parkent tumanlari dam olish zonalari bo‘lganligi uchun yoz va qish mavsumlarida ushbu hududga avtomobil transport oqimi ko‘payadi. 

Tabiiyki, dam olish maqsadida yo‘lga chiqqan haydovchilar o‘z manzillariga yetish maqsadida Toshkent shahar va Bo‘stonliq va Parkent tumanlarini bog‘lovchi 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” yo‘lida tezlikni belgilangan me'yoridan oshirib, yo‘l-transport hodisasini kelib chiqish ehtimolini oshiradilar. 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi xabariga ko‘ra, shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida uzluksiz ravishda 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlab kelmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Shuningdek, ushbu yo‘lda yangi turdagi ko‘chma fotoradar ish boshladi. Ushbu ko‘chma fotoradar real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etadi va simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma'lumotlarni “O‘zbekiston pochtasi”ning ma'lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga yetkazadi.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Ushbu dam olish kunlarida Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali 800 dan ortiq tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligi aniqlandi. Ushbu 2 kun davomida aniqlangan qoidabuzarliklarni viloyatlar kesimida tahlil qilinsa,  Toshkent shahridan  383, Toshkent viloyatidan 284 va respublikaning boshqa viloyatlaridan 138 haydovchi tomonidan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgani ma'lum bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: