Toshkent davlat agrar universiteti AQShning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston 19:47 / 18.02.2019 5859

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonovning AQShga tashrifi davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ta'lim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Missisipi shtati universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. 

Endilikda o‘zbekistonlik talabalar Missisipi shtati universitetining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot o‘tkazishlari, professor-o‘qituvchilar esa AQShda malaka oshirishlari, shuningdek, AQShning yuqori malakali mutaxassislarini Toshkent davlat agrar universitetida o‘quv jarayoniga jalb etish va ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, Botirjon Sulaymonov Missisipi shtatining Alkorn universiteti prezidenti D.Li va Shimoli–G‘arbiy kollej prezidenti Sh.Makkey bilan uchrashdi. Uchrashuvlar davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Shimoli–G‘arbiy kollej va Alkorn universitetlari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi professor-o‘qituvchilari ToshDAUda ma'ruzalar o‘qishlarini, shu jumladan vebinarlarni joriy etishga kelishib olindi. 

Aprel oyida Missisipi shtati universiteti rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurishi amalga oshirishi rejalashtirildi. Ushbu tashrif davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Missisipi shtatining Alkorn universiteti va Shimoli–G‘arbiy kollej o‘rtasida shartnoma va yo‘l xaritalari imzolanishi kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: