O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekiston 16:38 / 18.02.2019 58970

19 fevral kuni O‘zbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda, faqatgina shimoliy hududlar Volgabo‘yidan kirib keladigan nam va salqin havo oqimlari ta'sirida bo‘ladi. Respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi, shimoliy tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

20-21 fevral kunlari Volgabo‘yi tumanlaridan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga ta'sir qiladi. 20 fevral kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimol va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 fevralda respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘ishi mumkin. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.
 
20 fevralda harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 22 fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi mumkin. 23 fevralda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: