Liga 1. Mbappening yagona goli «PSJ»ga g‘alaba keltirdi, «Lill» o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Sport 08:30 / 18.02.2019 3227

Fransiya birinchi dizivionida 25-turga yakun yasaldi.

Turning so‘nggi bahsi Sent-Etenda, shaharning ayni nomdagi jamoasi va «PSJ» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 73-daqiqasida Kilian Mbappe tomonidan urilgan gol uchrashuv taqdirini hal etdi.

Ushbu natijadan so‘ng parijliklar klubi eng yaqin ta'qibchisi «Lill»dan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan holda, 12 ochkoga ilgarilab ketdi – «Lil» bu turda o‘z maydonida «Monpele»ni yenga olmadi (0:0). «Sent-Eten» o‘zi bilan teng – 40 ochko jamg‘argan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka ega «Marsel»ni o‘tkazib yubordi va 5-o‘rindan joy oldi.

«PSJ» 20 fevral kuni o‘z maydonida 17-turning qoldirilgan uchrashuvini «Monpele»ga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng 26-tur doirasida «Nim» 23 fevral kuni parijliklar mehmoni bo‘ladi. «Sent-Eten» esa navbatdagi turni 22 fevralda «Dijon» maydonida o‘tkazadi.

Fransiya chempionati
25-tur, 17 dekabr
Kan – Strasbur 0:0

Bordo – Tuluza 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 2 Bashich, 1:1 – 70 Kayuzak, 2:1 – 82 Brian.

Lill – Monpele 0:0

Reyms – Renn 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Dia, 2:0 – 68 Uden.

Sent-Eten – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Mbappe.
PSJ – Areolya, Markinos, Tiago Silva, Kerer, Dani Alves, Draksler (Kurzava, 69), Paredes, Bernat (Dagba, 60), Diabi, Mbappe, Di Mariya (Kimpembe, 85).

15 fevral
Nim – Dijon 2:0 (1:0, 1:0)
Lion – Gengam 2:1 (2:1, 0:0)

16 fevral
Marsel – Amen 2:0 (2:0, 0:0)
Monako – Nant 1:0 (1:0, 0:0)
Anjyer – Nitssa 3:0 (1:0, 2:0)

26-tur
22 fevral

Dijon – Sent-Eten
Strasburg – Lill

23 fevral
PSJ – Nim
Gengam – Anjyer
Amen – Nitssa

24 fevral
Tuluza – Kan
Nant – Bordo
Monpele – Reyms
Renn – Marsel
Monako – Lill

Ko‘proq yangiliklar: