Klimkin «Rossiyani to‘xtatishga» chaqirdi

Jahon 16:07 / 18.02.2019 18777

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin feysbukdagi o‘z sahifasida Yevroittifoq davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Qayd etilishicha, bu «Rossiyani to‘xtatish uchun» kerak.

Shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari YeI davlatlariga «Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri qurilishining mintaqa mamlakatlari uchun oqibatlarini taqdim etish taklifi bilan chiqdi.

«Agar Rossiyaning o‘zi to‘xtamasa, unda uni to‘xtatish kerak», - deb yozadi Klimkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaga qarshi 124 sahifalik sanksiyalar to‘plami qachon qabul qilinishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: