Gemoglobinni oshiruvchi 5 turdagi mahsulot

Foto: Shutterstock
Mutaxassislar qondagi gemoglobin miqdorini oshirishda yordam beruvchi mahsulotlarni e'lon qilishdi.
Ro‘yxatda birinchi bo‘lib oqsilga boy mahsulotlar: qo‘y, mol, buzoq, quyon go‘shtlari, mol jigari, kurka go‘shti kelmoqda.
Shuningdek, dukkakli mahsulotlar ham gemoglobin miqdorini oshirar ekan. Bular no‘xat, yasmiq (chechevitsa), loviyaning turli navlari bo‘lib, ular tarkibida katta miqdorda temir moddasi mavjud.
Shifokorlar gemoglobini past odamlarga yog‘li baliqni iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Bu borada sabzavotlar orasida lavlagi yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, tarvuz, qovun, tomatlar, shaftoli, anor va qora chetan (ryabina) ham foydalidir.
Gemoglobin miqdorini oshirish uchun grechka, arpa yormasi, tolqon, yong‘oqlar va pista iste'mol qilish yaxshi foyda berar ekan.
Shuningdek, kakao donlarida ham temir moddasi ko‘p bo‘lib, u ham gemoglobin oshishiga ko‘mak beradi, deb xabar bermoqda “MedikForum” sayti.
Mavzuga oid

12:40 / 18.01.2025
Nemis fermerlari oqsil kasalligi katta zarar keltirishi haqida ogohlantirdi

13:16 / 09.03.2021
Qon bosimini dorilarsiz tushirishning asosiy usullari ma'lum qilindi

08:49 / 02.10.2020
Koronavirusning yuqumliligi sababi aniqlandi

09:32 / 15.09.2020