Qozog‘istonda talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgaradi. Endi bunga baholarning aloqasi bo‘lmaydi

Jahon 16:05 / 16.02.2019 19468

Qozog‘iston Ta'lim va fan vazirligi barcha stipendiyalar talabalarga yetib borayotganini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda Zakon.kz vazirlik matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda vazirlik kollegiyasida ta'lim va fan vaziri ma'lum qilgan. Yig‘ilishda noto‘g‘ri baho qo‘yilayotgani, «yaxshi» va «a'lo» o‘qiydiganlar juda ko‘p ekani hamda bu stipendiya olish bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi masala muhokama etilgan. Masala Akademik halollik ligasiga kiruvchi universitetlar tomonidan ko‘tarib chiqildi. Ularning taklifi shundan iboratki, stipendiyalar barchaga, hech qanday baholarga qaramagan holda to‘lanishi lozim. Bugungi kunda mamlakatda davlat granti asosida ta'lim oluvchi talaba uch baho olsa, stipendiyadan mahrum etiladi.

«Umuman olganda, bizning fikrcha, g‘oya, agar korrupsiyani kamaytirishga yordam bersa, yaxshi samara beradi deb o‘ylaymiz. Biroq, men Ta'lim va fan sohasida nazorat qo‘mitasi hamda Ichki audit xizmatiga barcha OTMni har bir talabaga stipendiya puli yetib borayotgani bo‘yicha tekshirib ko‘rish haqida topshiriq berdim. Darvoqe, buning uchun kollegiya qarori talab etiladi», - dedi ta'lim va fan vaziri Yerlan Sagadiyev.

Ko‘proq yangiliklar: