Manba: Saudiyalik shahzoda «Manchester Yunayted»ni sotib olmoqchi

Sport 21:50 / 16.02.2019 12235

Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon «Manchester Yunayted» klubini sotib olishga qiziqmoqda.

The Sun xabariga ko‘ra, taxt vorisi ingliz klubini qo‘lga kiritish uchun 3,8 milliard funt sarflashga tayyor.

Bin Salmon yangi mavsum boshlangunga qadar «Manchester Yunayted» xo‘jayini bo‘lib olmoqchi. Agar bitim amalga oshsa, klubning amerikalik egalari – Gleyzerlar oilasi 2,2 milliard funt miqdorida sof foyda olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalgi yillarda Gleyzerlar «Manchester Yunayted»ni sotish haqidagi bir necha takliflarni rad qilib kelishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: