«Tottenhem» himoyachisi Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport 17:37 / 15.02.2019 4540

Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki 4ta o‘yini yakuniga ko‘ra, «Tottenhem» himoyachisi Yan Vertongen haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Belgiyalik futbolchi sovrin uchun kurashda Nikolo Dzanolo («Roma»), Marko Verratti («PSJ») va Tibo Kurtuani («Real») ortda qoldirdi.

«Borussiya» D (3:0) klubiga qarshi bahsda Vertongen gol muallifi bo‘ldi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi «Tottenhem» tarkibida barcha musobaqalarda 20ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2020 yil yozigacha amal qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: