Toshkent viloyatida fotoradarga tushuvchilar ro‘yxatida Toshkent shahri avtomobillari yetakchi

Jamiyat 17:09 / 15.02.2019 11982

M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” (Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, A373 “Toshkent-O‘sh” (Toshkent shahri va Namangan viloyatini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li va 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” (Toshkent shahri va Bo‘stonliq  tumanlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, 4R2 “Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373 avtoyo‘li” ( Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlab kelmoqda.

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi xabariga ko‘ra, bu haqda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali haydovchilarni ogohlantirishlarimizga qaramasdan, 2018 yilning 16 fevral kunidan hozirga qadar 78 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Qoidabuzar haydovchilarning 15 ming nafardan ziyodi 60 kun muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan. 

Ushbu 15 ming nafar o‘z vaqtida jarimalarni to‘lamayotgan avtotransport egalari viloyatlar kesimida tahlil qilinganida,  Toshkent shahridan  3044, Sirdaryo viloyatidan 1252, Jizzax viloyatidan 1109, Samarqand viloyatidan 1593, Farg‘ona viloyatidan 988, Namangan viloyatidan 965, Andijon viloyatidan 761, Qashqadaryo viloyatidan 1455, Surxondaryo viloyatidan 1166, Buxoro viloyatidan 494, Navoiy viloyatidan 217, Xorazm viloyatidan 238, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 213 va Toshkent viloyatidan 2477 avtomobil egalari tomonidan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilib, 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaganligi aniqlandi.

Bunday to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmayotgan transport vositalarining egalari ro‘yxati shakllantirilib, undirish choralari ko‘rilmoqda. 

Misol uchun: 

- Lasetti rusumli, Toshkent shahri Yashnobod tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 10 marotaba, ya'ni 4.371.310 so‘m miqdorda;  

- Lasetti rusumli, Toshkent viloyati Piskent tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 12 marotaba, ya'ni 7.234.080 so‘m miqdorda;  

- Kobalt rusumli, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 9 marotaba, ya'ni 5.351.500 so‘m miqdorda;  

- NEXIA rusumli, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 5 marotaba, ya'ni 2.928.080 so‘m miqdorda;
  
- Kobalt rusumli, Toshkent shahri Mirobod tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 5 marotaba, ya'ni 5.037.760 so‘m miqdorda;  

- Lasetti rusumli, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ro‘yhatda turuvchi avtomashina 9 marotaba, ya'ni 1.550.160 so‘m miqdorda; 
 
- NEXIA rusumli, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 4 marotaba, ya'ni 3.444.800 so‘m miqdorda;

- Lasetti rusumli, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 8 marotaba, ya'ni 4.883.020 so‘m miqdorda;
  
- Kobalt rusumli, Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 5 marotaba, ya'ni 5.683.920 so‘m miqdorda;

- Lasetti rusumli, Namangan viloyati Uychi tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 12 marotaba, ya'ni 4.870.960 so‘m miqdorda; 

- Kobalt rusumli, Namangan viloyati Namangan shahrida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 10 marotaba, ya'ni 5.856.160 so‘m miqdorda;  

- NEXIA rusumli, Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatda turuvchi avtomashina 7 marotaba, ya'ni 2.940.140 so‘m miqdorda; 

Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida belgilab berilgan 60 kun muddat  ichida  jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: