Superliga teletranslatsiyasida yangilik joriy etiladi

Sport 22:59 / 15.02.2019 13537

2019 yilgi mavsumdan boshlab, Superliga o‘yinlari teletranslatsiyasida o‘zgarish yuz beradi, deb yozadi PFL sayti.

Unga ko‘ra, milliy chempionat o‘yinlari translatsiyasi boshlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Yevropaning ligalari kabi futbolchilarning chiqib kelishi ko‘rinishida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va o‘yin hisobi namoyish etiladigan teleeffektlar bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.

Shu maqsadda PFL yangi tashkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoshuting jarayonini o‘tkazgan. Dastlab «Paxtakor» va OKMK klubi futbolchi va murabbiylari unda ishtirok etgan. 

Videoshuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali tanishtirilishi uchun olingan videolavhalar yakunda milliy chempionatimiz o‘yinlarini teletranslatsiya qiluvchi Sport telekanaliga taqdim etiladi, deyiladi PFL xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: