Formula-1 poygalarida qatnashadigan yangi bolidlar namoyish etildi

Sport 19:52 / 15.02.2019 3238

Bugun, 15 fevral kuni Italiyaning «Ferrari» jamoasi 2019 yilgi jahon chempionati mavsumida ishtirok etadigan yangi bolidini namoyish etdi. Yangi poyga mashinasi «Ferrari» tashkil topganligining 90 yilligi munosabati bilan SF90 deb nomlandi.

Bolid ilk bor 18 fevral kuni Barselonada boshlanadigan Formula-1 qishki testlarida sinovdan o‘tadi.  

«Maklaren» ham o‘zining 2019 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi avtomobili taqdimotini o‘tkazdi. Model MCL34 deb nomlangan.

Shuningdek, Formula-1da qatnashuvchi «Uilyams» jamoasi o‘zining yangi mavsum uchun mo‘ljallangan FW42 bolidini namoyish etdi. Avtomobil suratlari jamoaning «tvitter»iga joylashtirildi. 

Ko‘proq yangiliklar: