Baxtiyor Mirzaqulov Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasi rahbariyatiga kiritildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasi kongressi o‘tkazildi, deb yozmoqda O‘zA.
Anjumanda 2018 yilgi sport mavsumi yakunlari sarhisob qilindi va 2019 yilda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar taqvimi tasdiqlandi. Shuningdek, kongressda Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasining amaldagi prezidenti, rossiyalik Sergey Astaxov qaytadan tashkilot rahbarligiga saylangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasining vitse-prezidenti etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz qo‘l jangi federatsiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov bilan suhbat uyushtirgandi.
Mavzuga oid

08:07 / 21.06.2022
Dzyudo va qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari qabul qilindi

08:24 / 09.02.2022
O‘zbekistonda qo‘l jangi yanada rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi

21:32 / 07.06.2021
Qo‘l jangi bo‘yicha Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi

23:41 / 05.05.2019