Tinch okeanida AQShning Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi mashhur aviatashuvchi kemasi topildi

Tinch okeani tubida, Solomon orollari yaqinida AQShning Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan aviatashuvchi kemasi “Xornet” topildi. Bu haqda Usa Today nashri xabar berdi.
Kemani qidirish bilan Microsoft hamasoschisi Pol Allen tomonidan asos solingan Vulcan kompaniyasi shug‘ullangan. Ma'lum qilinishicha, kema 5 km chuqurlikda qo‘nim topgan, uning atrofida o‘sha vaqtda palubada bo‘lgan ko‘plab samolyotlar topilgan.
A look at how the #USSHornet was discovered and the important role she played during WWII. pic.twitter.com/sDl2SnlWsT
— Vulcan Inc. (@VulcanInc) February 12, 2019
Avvalroq Vulcan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi boshqa bir qator kemalarni, jumladan, “Leksington” aviatashuvchi kemasini, “Indianapolis” linkorini, Yaponiyaning “Musasi” linkorini va Italiyaning “Artileri” esminetsini topgan.
“Xornet” kemasi Ikkinchi jahon urushida qatnashgan eng mashhur kemalardan biri hisoblanadi. Uning palubasidan birinchi marta tezkor bombardimonchi samolyot parvoz qilgan va aynan undan Ikkinchi jahon urushi vaqtida Yaponiyaga AQSh qo‘shinlarining ilk havo hujumi amalga oshirilgan.
Kema, shuningdek, Miduey marjon oroli va Solomon orollari yaqinidagi janglarda ishtirok etgan. “Xornet”ga yapon aviatsiyasi hujumi oqibatida 1942 yil oktyabrda jiddiy shikast yetgan va ekipaj kemani tark etgach, u torpedolar bilan cho‘ktirib yuborilgan.
Mavzuga oid

17:59 / 25.12.2024
Iqlim o‘zgarishi zilzilalar sonini oshirishi mumkin

12:00 / 16.06.2024
Yevrosiyo bo‘ylab Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha – dunyoning eng uzun temiryo‘l yo‘nalishlari qayerda joylashgan?

11:38 / 05.11.2023
«Dorian»dan «Nargiz»gacha: Nega to‘fonlarga ayollar nomi beriladi?

16:28 / 17.07.2023