Beyl 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Sport 19:19 / 14.02.2019 7934

«Real» hujumchisi Garet Beyl Primera 23-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (3:1) qarshi o‘yindagi qilig‘i uchun qattiq jazolanishi mumkin.

Futbolchi gol urganidan so‘ng, muxlislarga qarata uyatsiz ishora qilgan edi.

AS xabariga ko‘ra, bu voqea Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi va Beyl 1-3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu g‘alabadan so‘ng, «Real» 45 ochko jamg‘arib, jadvalda 2-o‘ringa chiqib olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: