Airbus eng katta A380 avialaynerlari ishlab chiqarishdan voz kechadi

Fan-texnika 11:58 / 14.02.2019 6896

Airbus kompaniyasi dunyodagi eng katta seriyali yo‘lovchi avialayner - A380’ni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda.

Yevropa konserni xabariga ko‘ra, bunga Birlashgan Arab Amirliklari ushbu samolyotlarga buyurtmani qisqartirgani sabab bo‘ldi. Yangilangan shartnomaga asosan Airbus avval nazarda tutilgan 162 bort o‘rniga mamlakatga 123ta A380 yetkazib beradi.

So‘nggi 14ta avialayner ikki yil davomida quriladi va BAAga taqdim etiladi hamda 2021 yilda Airbus ularni sotishni to‘xtatadi.

Ilgari kompaniya superlaynerlarga bo‘lgan cheklangan talab tufayli A380 ishlab chiqarilishi keskin pasaygani haqida e'lon qilgandi.

Ilk Airbus A380 2007 yilda foydalanishga topshirilgan. Ikki qavatli samolyot taxminan 850 nafar yo‘lovchini qabul qilishi va 15,4 ming kilometr masofaga to‘xtovsiz parvozni amalga oshirishi mumkin. Ushbu avialaynerlar transatlantik parvozlar hamda Tinch okeani uzra o‘tuvchi yo‘nalishlarga mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: