YeChL. "MYu" o‘z maydonida "PSJ"dan yengildi, "Portu" safarda "Roma"ga mag‘lub bo‘ldi

Sport 03:09 / 13.02.2019 21543

Chempionlar ligasi 1/8 final o‘yinlari start oldi. 

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "PSJ"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Parijliklarning gollari Kimpembe hamda Mbappe tomonidan kiritildi. 

Yana bir uchrashuvda "Portu" "Roma" maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Mezbonlar tarkibida Dzanolo dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Adrian tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 6 mart kuni o‘tkaziladi. 

Manchester Yunayted – PSJ 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Kimpembe, 0:2 – 60 Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Sanches, 45), Matich, Pogba, Errera, Marsyal (Mata, 46), Reshford (Lukaku, 84).
PSJ – Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Markinos, Draksler, Verratti (Paredes, 75), Dani Alves, Di Mariya (Dagba, 81), Bernat, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (11), Draksler (19), Pogba (26), Yang (30), Bernat (34), Lindelef (50), Dani Alves (62), Errera (87), Shou (90).
Chetlatish: Pogba (89).

Roma – Portu 2:1

Gollar: 1:0 – 70 Dzanolo, 2:0 – 76 Dzanolo, 2:1 – 79 Adrian.
Roma – Mirante, Manolas, Kolarov, Florensi, Fasio, Kristante, de Rossi, Dzanolo (Santon, 87), Pellegrini (Nzonzi, 83), El-Shaaravi (Klyuyvert, 90), Djyeko.
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Eder Militao, Pepe, Otavio (Ernani, 84), Danilu Pereyra, Fernando (Andre Pereyra, 76), Errera, Braimi (Adrian, 68), Soares.
Ogohlantirishlar: Errera (74), El-Shaaravi (88).

Ko‘proq yangiliklar: