Yakkabog‘da xalq sayli o‘tkazildi

Jamiyat 00:30 / 13.02.2019 8505

Dehqonlar ishiga baraka tilash niyatida Yakkabog‘ hududidagi Guldara qishlog‘ida xalq sayli tashkil etildi.  Bu hudud tog‘lar bilan qurshalgan go‘zal va bahavo go‘sha. Kishiga o‘zgacha orom va xushkayfiyat bag‘ishlaydi. 

Xalq saylida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ham ishtirok etdi.

Doshqozonlarda osh damlanib, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga tarqatildi. Ko‘pkari milliy o‘yini xalq ko‘ngliga o‘zgacha surur baxsh etdi. Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi.

Ishtirokchilar bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdilar. Viloyatning taniqli san'atkorlari, xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar shodligiga shodlik qo‘shdi. Ayniqsa harbiylarning vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

Ko‘proq yangiliklar: