Shu kunlarda internetda Rossiya ko‘chalarida yurgan o‘zgacha «Jiguli»ning videosi tarqalgandi. Ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan «06» rusumidagi bu «Innovatsion «Jiguli» teskari tomonga yurishi bilan barchaning hayratiga sabab bo‘ldi.
Rossiyaning Stavropol shahri ko‘chalarida ko‘zga tashlangan bu mashinaning noodatiy harakatini quyidagi videoda o‘zingiz ham ko‘rishingiz mumkin:
And how do you like this, @elonmusk? pic.twitter.com/DhSzqzNGSC
— NTV (@ntvru) 11 fevralya 2019 g.
Ko‘rib turganingizdek u bir qarashda teskari yo‘nalishda harakatlanmoqda, lekin mashinani orqaga qarab bunchalik aniq boshqarish imkonsiz. Yaxshilab qaralganda esa aslida haydovchi mashinani to‘g‘riga qarab haydab ketayotgani ma'lum bo‘ladi. 18 yoshli «ixtirochi» mashinasining old va orqa tomonlarini o‘zgartirib qo‘ygan xolos. Bu video tezda mashhur bo‘ldi.
Rossiyaning NTV telekanali o‘zining tvitterdagi sahifasida ushbu videoni joylab: «Bunaqasiga nima deysiz, janob Ilon Mask», deb yozdi va «Tesla» asoschisi Maskning akkauntini ilova (menshn) qildi. 11 fevral kuni joylangan bu xabarga Ilon 13 fevral kuni kutilmaganda ruscha javob berdi: «Xa-xa, hayratlanarli». Ta'kidlash kerak internetda muhandislik bilan bog‘liq yangiliklar yoki suratlarga «Bunga nima deysiz, Ilon Mask» deb yozish urfga kirgan.
xaxa ofigenno
— Elon Musk (@elonmusk) 13 fevralya 2019 g.
Bir yildan kamroq haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan stavropollik «ixtirochi»ning kashfiyoti kimsan Ilon Maskning e'tiborini tortgan ekan, tez orada uni Rossiya telekanallaridagi shoulardan birortasiga taklif qilishsa ajab emas.
Lekin ayni paytda «Jiguli» egasiga uchta ma'muriy protokol tuzilgan, avtomobilning registratsiyasi bekor qilingan.