Toshkent viloyatida “Jiguli” yonib ketdi

Jamiyat 13:49 / 01.10.2024 1924

Toshkent viloyati Qibray tumanida "Jiguli" avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 30 sentabr kuni soat 20:20 larda Qibray tumani “Mexnat” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan 34 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Vaz 2106”da yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani FVB YoXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: