Turizm va tashuvlarni rivojlantirish sohasida innovatsion yechimlar

Iqtisodiyot 11:00 / 13.02.2019 8685

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirishga, uni barqaror rivojlanish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning qudratli vositasiga aylantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Turizm sohasining yaratiladigan yalpi ichki mahsulotdagi, mahalliy budjetlar daromadlaridagi, bandlikni ta'minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdagi hissasini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilyapdi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan islohotlar oqimida xususiy tursanoat sektorini jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar shakllantirilmoqda, jamoat tashkilotlari, kichik va o‘rta biznes vakillaridan chiqayotgan tashabbuslar faol rag‘batlantirilmoqda.

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan turizm sanoati turistik mahsulotlar va xizmatlar sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini yanada chuqurlashtirishga, raqobat kurashida o‘z pozitsiyalarini yaxshilash uchun zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan.

2018 yili O‘zbekistonda «O‘zaro Hisoblashishlar va Distributsiyalashning yagona neytral tizimi ishtirokchilari assotsiatsiyasi» ta'sis etildi. Uning maqsadi turizm sohasining barcha yo‘nalishlariga oid yagona axborot resurslari bankiga ega unifikatsiyalangan turistik navigatsiya tizimini shakllantirishdan iborat. Shuningdek iqtisodiy faoliyatni yuritishning teng huquqli shart-sharoitlarini hamda uning barcha ishtirokchilari uchun biznes-jarayonlarning shaffofligini ta'minlash mexanizmni yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Yo‘lovchi tashuvlarini va xizmatlarni sotish bo‘yicha sifat jihatdan yangi jarayonlarni yaratishda, sotuvlar protseduralarini real soddalashtirish, texnologiyalarni standartlashtirish, hisobotlilikni shakllantirish va tizim ishtirokchilari o‘rtasida kirimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish yo‘li bilan turistik agentliklarning raqobatbardoshliligini oshirish imkonini beruvchi noyob vositani bozorda joriy etishga tayyorlashda faol qatnashish Assotsiatsiyaning vazifalariga kiradi.

Assotsiatsiya qarorlari tufayli uning ishtirokchilari taqdim etiladigan xizmatlar sifati va turlarini sezilarli darajada oshirish, o‘z turistik mahsulotini ichki va xalqaro bozorlarda yanada faolroq va ishonchliroq tarzda ilgari surish kabi noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.

Aviakompaniyalar, temir yo‘l va avtobus kompaniyalari, turistik agentliklar, mehmonxonalar, tashuvlarni sotish bo‘yicha agentliklar, o‘quv markazlari, shuningdek kinoteatrlar, restoranlar, o‘z faoliyatini ham O‘zbekistonda, ham xorijda amalga oshiruvchi Event-agentliklar Assotsiatsiya ishtirokchisi va taklif qilinayotgan tizim foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: