Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat 15:38 / 13.02.2019 10081

Toshkent shahrining ayrim hududlarda ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu holat Yashnobod tumanida uch qavatli ko‘prik qurilishi, shuningdek, Issiqsuv ko‘chasidagi D – 1400 mm. quvurining bir qismini qayta ko‘chirilishi munosabati bilan joriy yilning 18 fevralidan 20 fevral sanasiga qadar ro‘y beradi.

Ichimlik suvi tarmoqdan to‘liq uziladigan hududlar:

Yashnobod tumanida:

Toshkent mexanika zavodi (TAPOiCh), ARMZ temir yo‘l ta'mirlash zavodi, Semurg‘ zavodi, “Korzinka Aviator” savdo markazi, Harbiy qism – 1,2,3,4 Tuzel va Aviasozlar mavzelari hamda Shohimardon, Oydinko‘l, Chilonota, Yangilik, Nodirabegim, Husnobod, Iltifot, Shirmonbuloq, Muruvvat, Havaskor, Ko‘lamli, Murabbiy, 1 tor Murabbiy, Katta Yangiobod, Pahlavon, Donishmand, Xislat, Shohsanam, Nigora, 1,2 tor Nigora, Tolariq, Ma'rifat, Go‘zal, Sokin tor, ko‘chalari va 58 – sonli harbiy shaharcha;

Mirzo Ulug‘bek tumani:

Parkent, Parkent 3,4 tor, Issiqsuv, Issiqsuv 1,2,3 tor, Karnok hamda Karnok tor ko‘chalari;

Suv bosimi pasayadigan hududlar:

Yashnobod tumani:
Asalobod 1,2 mavzelar;

Suv bosimi ko‘tariladigan hududlar:

Mirzo Ulug‘bek tumani:
Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, TXAY, Qorasuv mavzesidan – Parkent ko‘chasigacha.

Poytaxt ma'muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Ko‘proq yangiliklar: