Si Tszippin armiyani nazorat qilish bo‘yicha Xitoy tarixidagi ilk reglamentni imzoladi

Jahon 09:30 / 12.02.2019 6572

Xitoy raisi Si Tszinpin harbiy tayyorgarlik ortidan sud reglamenti bo‘yicha Xitoy tarixidagi ilk qonunni imzoladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

1 martdan kuchga kiradigan qonun avvalambor Xitoy armiyasi jangovar tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan. Qonunda jangovar harakatlarni olib borishning zamonaviy voqeliklariga mos kelmaydigan amaliyotni bartaraf etish bo‘yicha choralar ta'riflangan. Bundan tashqari, unda harbiy tayyorgarlik vaqtida suiiste'mol va intizom buzilishi holatlarini aniqlash mezonlari keltirilgan.  

Qonunda, shuningdek, ko‘rsatmalarni bajarmaydigan qoidabuzarlarga qo‘llanadigan choralar, nazoratni o‘tkazishdagi ustuvorliklar va tegishli ishni o‘tkazish tartib-usullari bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: