OChL. Masharipov va Bikmayevning supergollari «Paxtakor»ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Sport 17:24 / 12.02.2019 23900

Osiyo Chempionlar Ligasida 2-bosqich saralash o‘yinlaridan biri o‘tkazildi.

«Paxtakor» o‘z maydonida Iroqning «Eyr Fors» klubi bilan bellashdi va 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinda mezbonlar katta tashabbusga ega bo‘lsa-da, muxlislar golni uzoq vaqt kutishdi. 76-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni qaychi uslubida zarba berib, to‘rga joyladi. 84-daqiqada Marat Bikmayev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni 2taga yetkazdi. Biroq, iroqliklar taslim bo‘lmadilar va 87-daqiqada Ahmad Hammadiy ham qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol urishga erishdi. Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Endi «Paxtakor» OChL saralashining pley-off bosqichida BAAning «An-Nasr» klubi bilan o‘ynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OChL guruh bosqichiga yo‘l oladi.

OChL
2-saralash bosqichi
Toshkent, «Paxtakor» stadioni, 15:00
Paxtakor (O‘zbekiston) – Eyr Fors (Iroq) 2:1
Gollar: Masharipov (76), Bikmayev (84) – Hammadiy (87)
«Paxtakor»: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets (s), A'zamov, Alijonov, Abdullayev, Hamrobekov, Masharipov, Cheran, Yaxshiboyev, Bikmayev
Zaxira: Hamroyev, Asqarov, Rahmatullayev, Sergeyev, Hamdamov, Abdurahimov, Kozak
«Eyr Fors»: Muhammad Kassid, Suad Notiq (S), Ahmad Abdulridxa, Samih Said, Zaher Medani, Muhammad Qosim, Muhammad Ali, Muayad Ajaan, Ibrohim Bayesh, Emad Mohsin, Solomon Uilyams
Zaxira: Amjyed Rahim, Ali Bahjat, Hammadiy Ahmad, Hussayn Mohsin, Ali Yusuf, Mustafo Muhammad, Ahmad Kadhim
Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak San Jun, Pak Kyun Yon, Kim Vu Sun (barchasi Janubiy Koreya).
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Adnan (Iordaniya).
Komissar: Chuan Chin Fan (Xitoy Taypeyi).

Ko‘proq yangiliklar: