Kanadada 43 nafar meksikalik “qul” ozod qilindi

Jahon 07:30 / 12.02.2019 5388

Kanada politsiyasi Ontario provinsiyasida deyarli zamonaviy qullar sharoitida yashagan va farroshlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan 43 nafar meksikalikni ozod qildi. 

Provinsiya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, meksikaliklar Kanadaga qonuniy ish yoki o‘qish uchun kelishda yordam bergan kishilarga mo‘maygina pul to‘lashgan, so‘ngra esa provinsiyaning turli shaharlarida xonalarni tozalash bilan shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelgan. Ular og‘ir sharoitlarda yashashgan, topgan pullarining katta qismini esa “ish beruvchilar” tortib olgan.  

Meksikaliklarni ozod qilish bo‘yicha maxsus operatsiya Barri va Vasaga-Bich politsiya bo‘linmalarining 250 xodimi tomonidan o‘tkazilgan. Hozircha hech kimga odam savdosi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilmagan, bu keyinroq qilinadi. Hukumat fuqarolardan ularda yana shunday holatlar bo‘yicha ma'lumot bo‘lsa, xabar qilishni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: